Tarixiy qahramonlik va fidokorona mehnat sharafi
2026-04-29 09:50:00 / Yangiliklar

Ana shunday ezgu maqsad yo‘lida Toshkent harbiy okrugining harbiy xizmatchilari, mudofaa ishlari bo‘limi, “Jasorat maktabi” o‘quvchilari hamda tibbiyot mutaxassislari Toshkent viloyati Angren shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari xonadonida bo‘lib, ularning holidan xabar olishdi.
Bu oddiy yo‘qlov emas, balki tarix bilan suhbat, sabr va jasorat maktabining darsligi bo‘ldi. Mehmonlar urush qatnashchisining holidan xabar olib, samimiy suhbatlar qurildi, Vatan uchun kurashgan, jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasi yod etildi va ularning izidan borayotgan yosh avlodga ibratli saboqlar berildi.
Tadbir davomida yoshlarning ona Vatanni va tinchlikni ulug‘lovchi she’rlari, kuylagan kuy-qo‘shiqlari esa barchaning qalbida Vatanga nisbatan yana-da chuqur muhabbat uyg‘otdi. Har bir ohang, har bir so‘z o‘tmishni eslatib, bugungi tinch hayotga bo‘lgan shukronalik tuyg‘usini kuchaytirdi.
Faxriylarimizning salomatligi ham e’tibordan chetda qolmadi. Harbiy tibbiyot xodimlari uni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Oilasiga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Harbiy xizmatchilar tomonidan xonadon atrofida obodonlashtirish va xo‘jalik ishlari amalga oshirildi.
Darhaqiqat, bu kabi tadbirlar nafaqat faxriylarimizga ehtirom ko‘rsatish, balki yosh avlodga Vatanga xizmat qilish, jasorat, fidoyilik va milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhini singdirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Chunki ajdodlar xotirasiga hurmat – bu kelajak sari ishonchli qadamlardir.
Toshkent harniy okrugi matbuot xizmati






