Harbiylar va ularning oila a’zolari e’tibor markazida
2026-04-28 17:25:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda tajribali va malakali shifokorlar — terapevtlar, pediatrlar hamda soha mutaxassislari faol ishtirok etdi. Har bir murojaatchi individual yondashuv asosida ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning salomatligi chuqur tahlil qilindi.
Tadbir davomida zamonaviy diagnostika uskunalaridan keng foydalanildi. Xususan, qon tahlillari, ultratovush tekshiruvlari hamda yurak faoliyatini aniqlovchi elektrokardiografiya tekshiruvlari tashkil etildi. Bu esa ko‘plab kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlash va ularning oldini olish imkonini berdi.
E’tiborlisi, mazkur tibbiy ko‘rik jarayonida 200 dan ortiq harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari qamrab olinib, ularga mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar, sog‘lom turmush tarziga oid maslahatlar berildi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati







