Zamonaviy askar — bilim va malaka egasi
2026-04-28 15:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida okrug qo‘shinlari qo‘mondoni hamda mas’ul harbiy xizmatchilar tomonidan mehmonlarga muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning kundalik hayoti va xizmat faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ayniqsa, askarlarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning bilim va salohiyatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar alohida e’tirof etildi.
Xususan, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish borasida olib borilayotgan ishlar izchil yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Bu jarayon harbiy xizmatchilarning kelgusida jamiyatda munosib o‘rin egallashi, raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Shu bilan birga, ularning har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllanishiga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
Kun davomida mehmonlar tarix o‘quv binosida ham bo‘lib, unda yurtimizning boy va shonli tarixini aks ettiruvchi eksponatlar, noyob materiallar hamda muhim ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur maskan harbiy xizmatchilar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy g‘urur va iftixorni yuksaltirishda muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini harbiy soha bilan uyg‘unlashtirish, raqamli bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bu esa harbiy xizmatchilarning nafaqat jismoniy, balki intellektual salohiyatini ham yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Yakunda mazkur uchrashuv ilm-fan va harbiy soha o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni bilimli, fidoyi hamda Vatanga sadoqatli etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida yuqori baholandi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati



