Vatanga qasamyod – har bir yigitning tantanali vaʼdasi
2026-04-26 18:00:00 / Yangiliklar

Mazkur tantanali tadbirda okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimligi vakillari, Jamoatchilik kengashi aʼzolari, askarlarning ota-onasi va yaqinlari, harbiy faxriylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Davlat madhiyasi yangrab, Vatan himoyasiga bel bogʻlagan yosh askarlar harbiy qasamyod qabul qildi. Qasamyod matnini iftixor va masʼuliyat bilan talaffuz etgan harbiy xizmatchilar mamlakat tinchligi, xalq osoyishtaligi va yurt xavfsizligini himoya qilishga sodiq boʻlishga vaʼda berdilar.
Qasamyod tadbiri harbiy xizmatchilar qalbida Vatan oldidagi burchga sadoqat, masʼuliyat va fidoyilik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati









