Vatanga qasamyod – har bir yigitning tantanali vaʼdasi
2026-04-26 15:40:00 / Yangiliklar

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi qoʻmondonliklarning respublikamiz bo‘ylab joylashgan harbiy qism va muassasalariga 2026-yilda yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarning Vatanga qasamyod qabul qilish marosimlariga bagʻishlangan tantanali tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻlib oʻtgan tadbirlarda yosh askarlar qasamyodda bitilgan muqaddas soʻzlarni tilga olib, Oʻzbekiston xalqiga va Prezidentiga sadoqatli boʻlishga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini soʻzsiz va vijdonan bajarishga, xalq va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali ravishda vaʼda berdilar.
Tadbirda har bir yosh muddatli harbiy xizmatchilarga Prezident sovgʻasi, kitoblar jamlanmasi tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali tadbirda soʻzga chiqqanlar xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini, yurt mudofaasi va xavfsizligini saqlashdek sharafli va masʼuliyatli vazifaga otlanayotgan oʻgʻlonlarimizga omad tiladi.
Marosimlar davomida oʻz farzandlarining yigitlik burchini ado etishga kirishganini koʻrgan ota-onalar qalblari faxr-iftixorga toʻldi.









