Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida ham “Vatanga qasamyod” tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi
2026-04-26 13:40:00 / Yangiliklar

Tantanali marosimda viloyat hokimlari, okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari hamda askarlarning oila a’zolari ishtirok etishdi.
Ko‘zida shijoat porlab turgan farzandlarini kuzatayotgan ota-onalar qalbi iftixor hissiga to‘la. Tantanali marosimda so‘z olganlar bugungi kunda Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritish bilan birga barcha yigitlarga omad tilab, harbiy qismda o‘rgangan bilim va kasb-hunarlari, orttirgan ko‘nikmalari oldindagi faoliyatlarida ko‘mak berishiga ishonch bildirdilar.
Tadbir so‘ngida harbiy orkestri tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Harbiy libos kiyib, haqiqiy Vatan himoyachisi sifatida shaxdam qadam bilan o‘tayotgan o‘g‘lonlarning yaqinlari qalbida ham o‘zgacha hislar to‘lqinlangani aniq.
Qisqa vaqt ichida harbiy xizmat mashaqqatini his etgan, malakali harbiy ustozlardan sohaga doir turli bilimlarni o‘zlashtirgan o‘g‘lonlar bugun yurt tinchligini barcha narsadan ustun qo‘yishga, Vatan chorlaganda labbay deb kamarbasta bo‘lishga ont ichdilar.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati









