Vatanga sadoqat qasamyodi — sharaf, burch va matonat ifodasi
2026-04-26 13:10:00 / Yangiliklar

Marosim jarayonida askarlar muqaddas bayroq qarshisida Vatanga sodiq bo‘lish, uning tinchligi va daxlsizligini himoya qilish, harbiy burchni sidqidildan ado etishga qasamyod qilishdi. Bu lahzalar nafaqat askarlar, balki ularning yaqinlari uchun ham unutilmas voqeaga aylandi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yosh harbiylarni samimiy tabriklab, ularga kuch-g‘ayrat, matonat va fidoyilik tiladilar. Shuningdek, bugungi kunda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilish yuksak sharaf va katta mas’uliyat ekani alohida ta’kidlandi.
Badiiy chiqishlar, harbiy orkestr sadolari hamda ko‘rgazmali namoyishlar tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Harbiy texnika ko‘rgazmasi va ochiq eshiklar kuni esa mehmonlarga harbiy xizmat sharoitlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.








