Vatanga sadoqat — sharaf, burch va matonat timsoli
2026-04-26 12:55:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirlarda okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimliklari, harbiy prokuratura vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, faxriylar hamda askarlarning ota-onalari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqan mutasaddilar yosh askarlarga samimiy tilaklarini bildirib, ularning Vatanga sadoqatli, intizomli va jasoratli harbiy xizmatchilar bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdilar. Shuningdek, qasamyod marosimi har bir askar hayotidagi muhim va mas’uliyatli bosqich ekani alohida ta’kidlandi.
Marosim davomida namoyish etilgan saf chiqishlari, amaliy-jangovar mashg‘ulotlar va ko‘rgazmali chiqishlar yosh askarlar qalbida Vatanga muhabbat, burchga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Qasamyod lahzalari esa ularning Vatan himoyasi yo‘lidagi yuksak mas’uliyatni chuqur anglashiga xizmat qilib, qalblarda milliy g‘urur va sharaf tuyg‘ularini yanada yuksaltirdi.
Tadbirlar yakunida barcha ishtirokchilarda yuksak vatanparvarlik ruhi, iftixor va g‘urur hissi yanada mustahkamlandi.








