Buyuk merosga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi
2026-04-25 12:35:00 / Yangiliklar

Mazkur nufuzli anjuman yurtimizning yetuk olimlari, soha mutaxassislari hamda taʼlim muassasalari rahbarlarini bir maydonga jamladi.
Anjuman doirasida yalpi majlis tashkil etilib, unda soʻzga chiqqan maʼruzachilar tomonidan Jaloliddin Manguberdining boy tarixiy merosi, uning jasorati va sarkardalik salohiyati, shuningdek, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.
Xususan, maʼruzalarda Jaloliddin Manguberdi shaxsiyatiga tarixiy va zamonaviy yondashuvlar, uning mardlik va jasorat timsoli sifatidagi oʻrni, harbiy mahorati va taktikasining oʻziga xos jihatlari keng yoritildi. Shuningdek, Xorazmshohlar davlatining tarixiy rivoji, milliy harbiy meros va armiya anʼanalari, zamonaviy harbiy taʼlim tizimi hamda yoshlar ongini yuksaltirishda tarixiy merosning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur tadbir tarixiy merosni chuqur anglash, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash hamda ilmiy fikr almashish uchun muhim maydon vazifasini oʻtadi. Anjuman yakunida esa ishtirokchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.









