Sharqiy harbiy okrugda sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-04-24 16:10:00 / Yangiliklar

Okrug qo‘shinlar qo‘mondonligi rahbarligida tashkil etilgan ushbu yig‘ilishda hududdagi barcha harbiy qism va muassasalar faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Qo‘mondon o‘rinbosarlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’ruza taqdim etib, erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan aniq taklif va mulohazalarni bildirishdi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar o‘rtasida korrupsion holatlarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha qat’iy va ta’sirchan choralarni kuchaytirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.
Erishilgan natijalar bilan kifoyalanib qolmasdan, yanada yuqori marralarni zabt etish, zamonaviy texnologiyalarni puxta o‘zlashtirib harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani qayd etildi.
Mazkur yig‘ilish harbiy tuzilmalar faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati




