Ochiq muloqot va amaliy yechimlar
2026-04-24 13:45:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida joylashgan Jizzax garnizoniga qarashli harbiy qismlardan birida navbatdagi ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolaridan kelib tushgan murojaatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Xususan, uy-joy bilan ta’minlash, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bandlik masalalari, moddiy yordam olish, shuningdek, huquqiy maslahatlar bilan bog‘liq muammolar asosiy e’tibor markazida bo‘ldi.
Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari nafaqat tinglandi, balki ularni joyida hal etish choralariga ham alohida urg‘u berildi. Natijada, kelib tushgan qariyb 30 ta murojaatning 10 dan ortig‘i shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan murojaatchilarga batafsil huquqiy tushuntirishlar berilib, ularni hal etishning aniq mexanizmlari belgilab olindi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa alohida nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlarga yuborildi hamda ularning ijrosi ustidan monitoring o‘rnatildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati






