“Ibratli harbiy oila” tanlovining okrug bosqichini g‘oliblari aniqlandi
2026-04-23 19:10:00 / Yangiliklar

Tanlov bir necha shartlar asosida tashkil etilib, unda ishtirokchilar “Oilam — mening baxtim”, “Biz epchil, biz chaqqon”, “Sheʻriyat gulshani”, “Osh chempionati” hamda “Sanʻatim — saodatim” kabi yoʻnalishlarda oʻz mahoratlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrin Chirchiq garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchisi Kucharovlar oilasiga, 2-oʻrin Maxsus avariya tiklash boshqarmasi harbiy xizmatchisi Bozorboyevlar oilasiga, 3-oʻrin esa Angren garnizoni harbiy qism sharafini himoya qilgan Mahramovlar oilasiga nasib etdi.
Tanlov soʻngida gʻolib va faol ishtirokchilar okrug rahbariyati tomonidan diplom, qimmatbaho esdalik sovgʻalari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov oilalarda sogʻlom muhitni mustahkamlash, oʻzaro hurmat va mehr-oqibatni kuchaytirish, shuningdek, yoshlar uchun ibrat boʻladigan oilalarni keng targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati





