Mustahkam oila — qudratli jamiyat asosi
2026-04-23 16:00:00 / Yangiliklar

Ko‘rik-tanlov jarayoni mazmunan boy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, unda ishtirokchilar o‘z oilalaridagi ijobiy muhitni turli ko‘rinishlarda namoyish etdi. Ular milliy an’analarga sodiqlik, farzand tarbiyasidagi mas’uliyatli yondashuv, uy-ro‘zg‘or yuritishdagi mahorat hamda oilaviy qadriyatlarni qadrlash borasidagi tajribalarini sahnaviy chiqishlar orqali ifoda etdi.
Bellashuv beshta shart asosida o‘tkazilib, har bir bosqich ishtirokchilarning dunyoqarashi, ijodkorligi va ma’naviy salohiyatini keng ochib berishga yo‘naltirildi. Ayniqsa, milliy urf-odatlarni aks ettirgan chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan chiqishlar belgilangan mezonlar asosida xolisona baholanib, har bir ishtirokchining yondashuvi atroflicha tahlil qilindi. Natijada eng munosib, tashabbuskor hamda namunali oila tanlab olinib, tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati







