Ikki tomonlama hamkorlikdagi memorandum imzolandi
2026-04-23 12:05:00 / Yangiliklar

Mazkur hamkorlik kelishuvi ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-amaliy aloqalarni mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchi-kursantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, ta’lim jarayonini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishni o‘z ichiga oladi.
Memorandum doirasida qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, seminar va konferensiyalar tashkil etish hamda metodik ishlarni birgalikda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mazkur hamkorlik kelgusida malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ularning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti axborot xizmati





