“Ibratli harbiy oila” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-04-22 19:30:00 / Yangiliklar

Unda universitet tarkibidagi institutlar hamda Serjantlar tayyorlash oliy maktabidagi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.
Mazkur tanlov harbiy xizmatchilar oilalarida mustahkamlik, o‘zaro hurmat va milliy qadriyatlarga sodiqlikni yanada kuchaytirish, namunali oilalarni keng jamoatchilikka targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar oiladagi ahillik, farzandlar tarbiyasi, ma’naviy muhit hamda milliy an’analarga sodiqlik borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Turli savol-javoblar, ijodiy chiqishlar va taqdimotlar orqali oilaviy qadriyatlar keng yoritildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutining harbiy oilasi, 2-o‘rinni Serjantlar tayyorlash oliy maktabining harbiy oilasi egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin Harbiy tibbiyot instituti sha’nini himoya qilgan harbiy oilaga nasib etdi.
Tadbir yakunida eng faol va namunali deb topilgan oilalar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanib, tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.







