Sayyor qabul — muammo, tahlil va aniq yechimlar maydoni
2026-04-22 18:30:00 / Yangiliklar

Unda qo‘mondon o‘rinbosari, harbiy prokuratura vakillari, turli davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari hamda harbiy xizmatchilar va ularning yaqinlari ishtirok etdi.
Qabul davomida ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan masalalar tizimli ravishda ko‘rib chiqilib, har bir murojaatning mazmun-mohiyatiga chuqur yondashildi.
Xususan, oila a’zolarini munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda aniq va manzilli yechimlar ishlab chiqildi.
Jarayon davomida har bir murojaat individual tartibda tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar vakillariga qat’iy topshiriqlar berildi. Ba’zi masalalar joyida bartaraf etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, ularning ijrosi bo‘yicha mas’ullar belgilandi.
Shuningdek, sayyor qabul doirasida harbiy xizmatchilar oila a’zolarining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari ham olib borildi. Mutaxassislar tomonidan amaldagi qonunchilik, mavjud imtiyozlar, davlat dasturlari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil va hayotiy misollar asosida ma’lumotlar taqdim etildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati








