Termiz poligonida navbatdagi amaliy oʻq otish mashgʻulotlari oʻtkazildi
2026-04-22 16:15:00 / Yangiliklar

Mashgʻulotlar avvalida mutasaddi tashkilot vakillari hamda malakali harbiy xizmatchilar tomonidan mamlakatimizda taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasidagi islohotlar hamda ushbu amaliy mashgʻulotlarning ahamiyati yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Shundan soʻng ishtirokchilar guruhlarga boʻlinib, poligon hududida tashkil etilgan oʻquv nuqtalarida qurol-yarogʻlardan xavfsiz foydalanish qoidalari, nishonga olish va aniq oʻq otish usullari boʻyicha zarur yoʻriqnomalar olishdi.
Amaliy jarayon davomida oʻqituvchilar belgilangan masofalardan turib nishonlarga oʻq otish mashqlarini bajarib, oʻzlarining nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashdi. Harbiy xizmatchilar tomonidan ularga tegishli tavsiyalar berilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Ushbu mashgʻulotlar oʻqituvchilarning harbiy tayyorgarligini yanada oshirish, oʻquvchilarga sifatli taʼlim berishdagi masʼuliyatini kuchaytirish hamda Vatan himoyasiga doimo shay, bilimli va jismonan yetuk yoshlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.



