“Jasorat uchqunlari” — yoshlar qalbida vatanparvarlikni uyg‘otgan musobaqa
2026-04-22 11:10:00 / Yangiliklar

Ishtirokchilar saf tayyorgarligi bo‘yicha o‘zlarining intizomi va hamjihatligini namoyon etgan bo‘lsa, tibbiy bilim va amaliy ko‘nikmalar yo‘nalishida tezkorlik va to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Shuningdek, robototexnika va huquqiy savodxonlik bo‘yicha o‘tkazilgan shartlar yoshlarning zamonaviy bilimlarga qanchalik ega ekanini ko‘rsatib berdi. Milliy sport o‘yinlari esa musobaqaga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishlab, ishtirokchilarning chaqqonligi va jismoniy tayyorgarligini amalda ifoda etdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida Mingbuloq tumani jamoasi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Chust tumani jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rinni Kosonsoy tumani jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati







