Okrug boshqaruv apparatida sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-04-21 19:55:00 / Yangiliklar

Okrug qo‘shinlar qo‘mondonligi rahbarligida okrug hududidagi barcha harbiy qism va muassasalar videokonferens aloqa orqali ishtirok etgan sarhisob yig‘ilishida qo‘mondon o‘rinbosarlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq ma’ruza-ma’lumot taqdim etishdi.
Unga ko‘ra xalqaro va Mudofaa vazirligi miqyosida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi, okrugning eng ilg‘or harbiy qism va muassasalari saralanib, e’tirof etildi. Munosib deb topilganlarga okrug qo‘mondonligi tomonidan ko‘chma kuboklar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami va sifatini oshirish bo‘yicha manzilli vazifalar belgilab olindi. Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi korrupsion holatlarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida ta’sirchan choralar qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bugunga qadar erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan yanada yuqori marralar sari intilish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirib qo‘shinlarga tadbiq etish, umuman olganda, intellektual salohiyatni yangi bosqichga olib chiqish lozimligi borasidagi fikrlar o‘rtaga tashlandi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati




