Harbiy aloqa — zamonaviy mudofaa tizimining muhim yo‘nalishi
2026-04-20 16:20:00 / Yangiliklar

Ushbu yig‘inda okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning aloqachi mutaxassisligiga ega ofitserlari ishtirok etib, nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamladi, balki real jangovar sharoitga yaqin holatlarda jismoniy va texnik tayyorgarlikdan ham o‘tishdi.
Yig‘in doirasida mintaqaviy va global harbiy-siyosiy vaziyat tahlil qilinib, aynan aloqa tizimining bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda tutgan o‘rni, uning tezkor harakatlardagi muhim roli atroflicha muhokama qilindi.
Soha mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi va ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
Tadbirning amaliy bosqichida esa soha mutaxassislarining nazariy bilimlari sinovdan o‘tkazilib, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha belgilangan me’yorlar ijrosi baholandi. Bundan tashqari, aloqa texnikalaridan ekipaj tarkibida foydalanish, ularni real sharoitlarda samarali boshqarish ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkazildi.
O‘quv yig‘in yakunida mutaxassislar tomonidan erishilgan natijalar tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.






