Qashqadaryoda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2026-04-18 12:35:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi, okrug qo‘shinlari qo‘mondoni shuningdek, viloyatdagi barcha kuch tuzilmalari rahbarlari, davlat va jamoat tashkiloti vakillari ishtirokida o‘tgan tadbir yoshlar xotirasida bir umrga muhrlanadigan bo‘ldi.
Bugun mamlakatimizda yoshlarning barcha sohalarda o‘z qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlariuchun keng imkoniyat eshiklari ochilgan. Faqat o‘qish va yuksak marralarni zabt etish uchun istak bo‘lsa bas. Tadbir mohiyati ham ana shu fikrlarni yoshlar ongiga sindirishga qaratildi.
Har qanday sohada ham yuksalish uchun tinimsiz mehnat va izlanish lozimligini ana shunday cho‘qqini zabt etgan insonlar tomonidan tinglagan yoshlar oldilariga ulkan marralarni qo‘ygan bo‘lsalar ajab emas. Rahbarlar yoshlarning kelajakdagi orzu-intilishlari haqida so‘rab, ularga ko‘makdosh ekanliklarini ta’kidladilar. Turli mavzularda kechgan samimiy suhbatlarda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ayniqsa ko‘plab yoshlarning muammo va takliflari joyida hal etilgani va yana birqanchasi mutasaddilarga vazifa sifatida aniq belgilab berilgani barcha ishtirokchilarni xursand qildi.
Ishonamizki, o‘tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar, loyiha doirasidagi turli nazariy va amaliy dars mashg‘ulotlari yig‘in ishtirokchilarini hayotda o‘zo‘rniga ega bo‘lishlari uchun xizmat qiladi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati









