Uch avlod uchrashuvi — sadoqat, sharaf va jasorat saboqlari
2026-04-18 10:35:00 / Yangiliklar

Unda Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalarida faoliyat olib borgan faxriylar, faol harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida faxriylar o‘zlarining ibratli hayot yo‘llari, mashaqqatli, ammo sharafli xizmat faoliyati, jangovar tajribalari haqida samimiy so‘zlab berdi. Ularning hayotiy misollarga boy chiqishlari yoshlar qalbida chuqur taassurot qoldirib, sadoqat, jasorat va fidoyilik kabi yuksak fazilatlarning naqadar muhim ekanini yana bir bor anglashga xizmat qildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faxriy va harbiy xizmatchilarga murojaat qilib, hayotiy va kasbiy faoliyatga doir zarur tavsiya hamda maslahatlar oldi.
Tadbir doirasida garnizonda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ilg‘or texnik vositalar, o‘quv-moddiy baza hamda jangovar tayyorgarlik jarayonlari ham keng namoyish etildi. Ishtirokchilar harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati, xizmat o‘tash tartibi, shuningdek, askar va ofitserlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.




