Avtomobil xizmati boshliqlari ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi
2026-04-16 15:00:00 / Yangiliklar

Yig‘inda qo‘shinlarda avtotexnik ta’minotini tashkillashtirishga mas’ul bo‘lgan ofitserlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilib, ushbu soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi ko‘rib chiqildi. Avtomobil texnikalarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha soha vakillarining taklif va tavsiyalari o‘rganilib, ularning ahamiyati va istiqboldagi samarasi tahlil etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida zamonaviy harbiy texnika va o‘quv vositalari jalb etilib, maxsus o‘quv nuqtalari tashkil etildi. O‘quv-moddiy texnik baza to‘liq tayyor holatga keltirilib, mashg‘ulotlar yuqori tashkiliy darajada o‘tkazildi.
O‘quv jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Quruqlikdagi qo‘shinlar institutiga qarashli hamda Aranchi qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qismlarda olib borildi.
Yakunda o‘tkazilgan yig‘in natijalariga ko‘ra, avtotexnik ta’minot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim xulosa va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati



