Vatan himoyasi — yurakdan boshlanadigan mas’uliyat
2026-04-16 14:15:00 / Yangiliklar

Mazkur musobaqa Markaziy harbiy okrug hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan shakllantirilgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘rtasida tashkil etildi.
Musobaqaning viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichlarida saralangan eng kuchli jamoalar ishtirok etdi. Ishtirokchilar nizom talablari asosida 11 yo‘nalish bo‘yicha o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazib, jismoniy tayyorgarlik, intellektual salohiyat va jamoaviy hamjihatlik borasida bellashdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan barcha chiqishlar xolisona va shaffof mezonlar asosida baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori natijalarga erishgan jamoalar munosib ravishda taqdirlandi. Shuningdek, faol ishtirok etgan jamoalar ham hamkor tashkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati






