Mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi
2026-04-15 12:50:00 / Yangiliklar

Tantanali ochilish marosimida Olmaliq shahar hokimi, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni, harbiy xizmatchilar, shahar mudofaa ishlari bo‘limi mas’ullari, viloyat hokimligi mutasaddilari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirda Olmaliq shahar hokimi, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni, Jasorat maktabi o‘quvchilari hamda faxriy nuroniylar qatnashdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni rahbarligida milliy armiyamiz izchil isloh qilinib, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligining ishonchli kafolatiga aylanayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, harbiy infratuzilmani modernizatsiya qilish, harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat va ish sharoitlarini yaratish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari armiyamiz nufuzi va salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Yangi bino zamonaviy texnika va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanib, fuqarolar va harbiy xizmatchilar uchun qulay hamda samarali xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi. Bu esa yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, chaqiruv jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida mehmonlar yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berdi.
Toshkent harbiy okrug matbuot xizmati







