O‘ZBEKISTON VA HINDISTON HARBIYLARI ISHTIROKIDA O‘QUV MASHG‘ULOTLARI BOSHLANDI
2026-04-14 19:50:00 / Yangiliklar

Mashg‘ulotlarda jangovar tayyorgarlik darajasini yanada oshirish, zamonaviy harbiy ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘zaro tajriba almashishga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘quv mashg‘ulotlarining tantanali ochilish marosimida mazkur hamkorlikdagi mashg‘ulotlar ikki davlat o‘rtasidagi harbiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotgani, shuningdek, harbiy xizmatchilarning bilim, ko‘nikma va amaliy tajribalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.
Mazkur mashg‘ulotlar ikki davlat Qurolli Kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yettinchi bor tashkil etilmoqda. 2019-yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni izchil rivojlantirish hamda yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Hamkorlikdagi qo‘shma mashg‘ulotlar 24-aprelga qadar davom etadi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati









