“Men donorman” — jasoratdan tashqari mehr va mas’uliyatni ham ifoda etgan tashabbus
2026-04-14 10:35:00 / Yangiliklar

Tadbir avvalida tibbiyot sohasi mutaxassislari tomonidan donorlikning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi o‘rni hamda inson salomatligiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri haqida asosli ma’lumotlar berildi. Qayd etilganidek, birgina qon tomchisi ortida butun bir inson taqdiri, umid va yashashga bo‘lgan ishonch mujassam. Shu bois donorlik nafaqat tibbiy jarayon, balki insoniylikning yuksak namunasidir.
Mutaxassislar qon topshirish jarayonining zamonaviy tibbiy mezonlar asosida, yuqori darajadagi xavfsizlik choralariga amal qilingan holda amalga oshirilishini alohida urg‘u bilan ta’kidlashdi. Donorlikning organizmni yangilashga ko‘maklashishi, qon aylanish tizimini faollashtirishi kabi jihatlar ilmiy asosda izohlandi.
Kunning ikkinchi yarmida harbiy xizmatchilar ushbu ezgu tashabbusni yuksak mas’uliyat va samimiyat bilan qo‘llab-quvvatlab, ixtiyoriy ravishda donorlik aksiyasida ishtirok etdi.




