Bo‘lajak shifokorlar harbiy hayot bilan tanishdi
2026-04-13 16:15:00 / Yangiliklar

Unda talabalar harbiy qism infratuzilmasi, xizmat jarayonlari va harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xususan, ular harbiy qism hududidagi tarix o‘quv binosi, kutubxona, ma’naviy-ma’rifiy maskanlar hamda harbiy xizmatchilar ruhiy salomatligini ta’minlashga qaratilgan maxsus xonalar faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etilib, unda yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil va asosli javoblar berildi. Muloqot jarayonida harbiy xizmatning o‘ziga xos jihatlari, tibbiyot sohasining harbiy tizimdagi o‘rni, shuningdek, harbiy shifokorlik faoliyatining ahamiyati yuzasidan muhim tushuntirishlar berildi.
Tadbirning muhim jihatlaridan biri sifatida psixolog mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan treninglar alohida e’tibor qozondi. Mazkur mashg‘ulotlar talabalarda ruhiy barqarorlikni mustahkamlash, stressga chidamlilikni oshirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
Yakunda talabalar harbiy hayotga oid o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bunday amaliy uchrashuvlar ularning kasbiy yo‘nalishini aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati





