Harbiylar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi
2026-04-13 10:30:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi. Bellashuv davomida berilgan barcha savollar aynan Amir Temurning hayoti, uning harbiy yurishlari, davlat boshqaruvidagi o‘rni, “Temur tuzuklari” hamda boy tarixiy merosi bilan bog‘liq bo‘ldi.
Tadbirning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilarning bilim saviyasini yanada oshirish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmat va ehtiromni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Zakovat bahslari davomida ishtirokchilar Sohibqironning hayoti va faoliyatiga oid murakkab hamda qiziqarli savollarga javob berib, o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar. Har bir jamoa o‘zining zukkoligi, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi.
Bellashuv qizg‘in, murosasiz va yuqori intellektual ruhda o‘tdi. Yakunda eng faol, bilimdon hamda topqir jamoalar aniqlanib, ular munosib ravishda taqdirlandi.
Mazkur intellektual o‘yin nafaqat harbiy xizmatchilarning bilim darajasini oshirish, balki ularni kuzatib borgan yoshlar uchun ham hamjihatlikni mustahkamlash, o‘zaro bilim almashish hamda yuksak vatanparvarlik ruhini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.




