Jizzaxlik yoshlar o‘rtasida qilichbozlik musobaqasi tashkil etildi
2026-04-12 14:10:00 / Yangiliklar

Mazkur musobaqa yoshlarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, sport orqali ularning irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratildi. Shuningdek, tadbir yoshlar orasida mardlik, vatanparvarlik va ona-Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Harbiy qism komandiri kubogi uchun o‘tkazilgan mazkur musobaqa doirasida ishtirokchilar o‘z mahorat va tayyorgarlik darajalarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada, murosasiz va qiziqarli ruhda o‘tdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar. Tadbir davomida yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlari ham amalga oshirildi.




