Yoshlar kuni munosabati bilan harbiy qismda ochiq muloqot tashkil etildi
2026-04-10 16:35:00 / Yangiliklar

Mehmonlar harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishib, bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, harbiy sohadagi zamonaviy yondashuvlar, jangovar tayyorgarlik tizimidagi yangilanishlar hamda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.
Tadbir davomida yoshlar uchun harbiy qism hududida yaratilgan infratuzilma, harbiy xizmatchilarning xizmat va yashash sharoitlari, jangovar va jismoniy tayyorgarlik jarayonlari, shuningdek, harbiy texnika hamda qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ayniqsa, zamonaviy harbiy texnikalar va qurol-yarog‘ namunalari, amaliy mashg‘ulotlar jarayoni yoshlarida katta taassurot qoldirdi.
Kun davomida tashkil etilgan ko‘rgazmali chiqishlar va tanishtiruv mashg‘ulotlari orqali ishtirokchilar mamlakatimiz mudofaa salohiyatining bugungi qudrati, milliy armiyamiz safida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning sharafli va mas’uliyatli faoliyati haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar. Bu esa yoshlarda Vatanga bo‘lgan faxr, g‘urur va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati





