Sayyor qabul — fuqarolar manfaatlari yoʻlida muhim qadam
2026-04-09 18:40:00 / Yangiliklar

Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshligʻi ishtirokida oʻtkazilgan mazkur sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan koʻtarilgan masalalar atroflicha oʻrganildi. Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, shuningdek, sohaga doir turli muammolarga duch kelayotgan fuqarolar oʻz murojaatlari bilan qatnashdi.
Qabul jarayonida asosan uy-joy masalalari, ijtimoiy himoya, tibbiy xizmatdan foydalanish, ish bilan taʼminlash hamda harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq masalalar koʻtarildi. Masʼul ofitserlar tomonidan har bir murojaat eʼtibor bilan tinglanib, ayrim muammolar shu joyning oʻzida hal etildi, murakkab masalalar esa tegishli idoralarga yoʻnaltirilib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Shu bilan birga, sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot muhiti ham yaratildi. Bu esa aholining davlat organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, ularning dardu tashvishlarini yaqindan oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatishda muhim omil boʻlmoqda.
Kapitan Shohrux SAIDOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti






