Amir Temur — buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda
2026-04-09 17:15:00 / Yangiliklar

Unda O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, harbiy qismga biriktirilgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari, shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
“Amir Temur — buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir Sohibqironning hayoti, davlat boshqaruvidagi ulkan salohiyati, harbiy yurishlardagi noyob strategik tafakkuri hamda yurt osoyishtaligi yo‘lidagi tarixiy xizmatlarini yorituvchi videorolik namoyishi bilan boshlandi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Ushbu chiqishlarda Sohibqironning mardlik, qat’iyat, adolat va vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari badiiy ifoda orqali ochib berildi. Sahna asarlari nafaqat tarixiy voqealarga murojaat qildi, balki bugungi kunda harbiy xizmatchilar zimmasidagi sharafli burch va mas’uliyat mohiyatini ham chuqur aks ettirdi.
Shuningdek, hushovoz honandalar hamda harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirning ma’naviy-ta’sirchan ruhini yanada yuksaltirdi. Vatan, jasorat, sadoqat va milliy iftixor tuyg‘ularini tarannum etgan musiqiy chiqishlar ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi.
Yakuniy qismida Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid savol-javoblardan iborat qiziqarli viktorina tashkil etildi. Unda faol va bilimdon ishtirokchilar munosib rag‘batlantirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati






