Yoshlar harbiy hayot bilan yaqindan tanishdi
2026-04-08 18:20:00 / Yangiliklar

Unda Markaziy harbiy okrug mas’ullari, harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar harbiy xizmat va harbiy hayotning turli javhalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ishtirokchilarga harbiy qismdagi sharoitlar, o‘quv jarayoni, zamonaviy texnika va jihozlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, harbiylar o‘z tajriba va bilimlarini o‘quvchilarga yetkazib, ularga vatanparvarlik, intizom va mas’uliyat ruhini singdirishning ahamiyatini tushuntirdi.
Ochiq eshiklar kuni davomida yoshlar nafaqat harbiy qismni ko‘rib chiqish, balki turli harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ishtirok etish, zamonaviy texnik vositalarni ko‘zdan kechirish va harbiy hayotning amaliy jihatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tadbir doirasida ular, shuningdek, tarixiy o‘quv binosi bilan tanishtirildi va Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar oldi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati









