General yosh askarlar bilan uchrashdi
2026-04-07 13:45:00 / Yangiliklar

Ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda general hamda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yosh askarlar ishtirokida samimiy va mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida general yosh askarlarni hayotlaridagi muhim va sharafli bosqich — harbiy xizmat safiga qo‘shilgani bilan samimiy muborakbod etdi. Ta’kidlanganidek, harbiy xizmat yigitlar uchun nafaqat intizom, tartib va mas’uliyat maktabi, balki matonat, iroda, sabr-bardosh, jasorat va fidoyilik fazilatlarini kamol toptiradigan, insonni chinakam vatanparvar etib tarbiyalaydigan ulug‘ hayot maktabidir.
Tadbirda yosh askarlarga harbiy qism va xizmat jarayonida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda ulardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. Jumladan, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yigitlar xizmat davomida turli kasb-hunarlarni egallash, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lish, jismoniy va ma’naviy jihatdan chiniqish imkoniyatiga ega ekani alohida ta’kidlandi.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish borasida yaratilgan imkoniyatlar, mavjud imtiyozlar, qabul tartiblari hamda davlat tomonidan berilayotgan yangilliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Yoshlar uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar ularning kelgusida jamiyatda munosib o‘rin egallashi, kasbiy salohiyatini oshirishi va yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.
Tadbir ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Yosh askarlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va murojaatlari bilan faol ishtirok etib, ularga mas’ullar tomonidan batafsil, aniq va tushunarli javoblar berildi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati









