Uch avlod uchrashuvi — mardlik saboqlari va sadoqat yo‘li
2026-04-04 18:20:00 / Yangiliklar

Mazkur uchrashuvda okrug Faxriylar kengashi raisi, Qurolli Kuchlar faxriylari, Farg‘ona shahar nuroniylar kengashi vakillari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida faxriylar o‘zlarining boy hayotiy tajribasi, sharafli xizmat yo‘li va mashaqqatli sinovlar orqali orttirilgan saboqlari bilan o‘rtoqlashdi. Ular yoshlarga harbiy xizmatda intizom, sabr-toqat, jasorat va Vatanga cheksiz sadoqat eng muhim fazilatlar ekanini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, tadbirda harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar, yosh askarlarning kundalik hayoti va xizmat faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Faxriylar tomonidan keltirilgan hayotiy misollar va samimiy maslahatlar yosh harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi.
Uchrashuv davomida yosh askarlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va katta avlod vakillaridan qimmatli hayotiy saboqlarni egalladi.
Yakunda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar rag‘batlantirildi, faxriylar esa yoshlarga ezgu tilaklarini bildirib, ularga xizmatda ulkan zafarlar va mustahkam iroda tiladi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati





