Janubda yosh temuriylar harbiy-sport bellashuvlarida bellashdi
2026-04-04 15:45:00 / Yangiliklar

Musobaqa davomida ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqishi, epchilligi va jismoniy tayyorgarlik salohiyatini namoyish etdi. Bellashuvlar jarayonida ularning nafaqat jismoniy chidamliligi, balki iroda mustahkamligi, ruhiy barqarorligi va jamoaviy hamkorlik qobiliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Turli sport sinovlari, xususan estafeta, arqon tortish va kuch sinovlari ishtirokchilar o‘rtasida keskin raqobat uyg‘otib, tomoshabinlarga haqiqiy sport shukuhini taqdim etdi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan musobaqalar yoshlarning intilish va qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga, ularni Vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.







