Amir Temur – mardlik va matonat timsoli
2026-04-04 12:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda “Oʻzbekiston Xalq artisti”, sohir ovoz sohibi, teatr va kino aktyori Abzal Rafiqov, Filologiya fanlari doktori, professor, Jamoatchilik kengashi aʼzosi Xamidulla Dadaboyev, “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Komiljon Sultonovlar ishtirok etdi.
Unda so‘z olganlar Amir Temur – shaʼn-shavkatimiz, gʻurur-iftixorimiz va maʼnaviy qudratimiz ramzi ekanligini takidlab, mustaqil davlatimizning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrohu hamnafas boʻlib borishini aytib o‘tishdi.
Shuningdek, mamlakatimizda har yili Amir Temurning tavallud sanasi keng nishonlanishiga sabab, uning siymosi yuksak vatanparvarlik, adolat va ozodlik timsoli sifatida xalqimizni birlashtirish, jipslashtirishda, buyuk kelajagimizni qurishda bizga yangidan yangi kuch-quvvat va shijoat bagʻishlashi haqida so‘z yuritildi.
Tadbir doirasida Amir Temur jasoratini ifoda etuvchi videoroliklar, mavzuga oid maʼruzalar hamda Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan “Sharq yulduzlari” badiiy havaskorlik jamoasi tomonidan namoyish etilgan sahna koʻrinishlari yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir doirasida Amir Temur hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan adabiyotlar koʻrgazmasi hamda “Kitob olami” nashriyot matbaa uyi bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi oʻtkazildi.
Bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar va milliy gʻururni oshirishi bilan ham ahamiyatlidir.









