Oʻzbekiston chempionati: pnevmatik quroldan oʻq otish musobaqasi yakunlandi
2026-04-03 19:25:00 / Yangiliklar

Sportchilar gʻoliblik uchun oʻzaro bahslashgan musobaqa yuqori raqobat ruhida, keskin bellashuvlar muhitida oʻtdi. Qayd etish joizki, musobaqada qamrovning kengayib borayotgani ushbu sport turiga qiziqish yil sayin oshib borayotganini koʻrsatmoqda.
Turnirni yuqori saviyada tashkil etishda Mudofaa vazirligi sport markazi hamda Oʻzbekiston oʻq otish federatsiyasi mutaxassislari hakamlik faoliyatini olib bordi. Ular tomonidan har bir natijaning aniq qayd etilishi, baholash jarayonlarining xalqaro standart va qoidalarga toʻliq mosligi taʼminlandi.
Hakamlar qaroriga koʻra quyidagi sportchilar gʻolib va sovrindor deb topildi.
Pistoletdan 10 metrga oʻq otish (U-14 qizlar)
1-oʻrin Abdullayeva Zamira (Toshkent vil) 511;
2-oʻrin Kerimova Sevile (Namangan) 488;
3-oʻrin Toirjonova Moxinur (Toshkent) 481.
Pistoletdan 10 metrga oʻq otish (U-14 Oʻgʻil bolalar)
1-oʻrin Saydrasulov Ibrat (Toshkent) 524;
2-oʻrin Gaydukov Roman (Toshkent) 515;
3-oʻrin Shodmonaliuv Toxir (Toshkent vil) 515.
Vintovkadan 10 metrga oʻq otish (U-14 oʻgʻil bolalar)
1-oʻrin Tursunov Ilxomjon (Toshkent) 600.1;
2-oʻrin Likov Aleksandr (Toshkent) 572.9;
3-oʻrin Alimov Asadbek (Fargʻona) 569.7.
Pistoletdan 10 metrga oʻq otish (U-14 qizlar)
1-oʻrin Turgunova Sugʻdiyona (Toshkent) 598.1;
2-oʻrin Mirzakarimova Zebiniso (Toshkent vil) 576.3;
3-oʻrin Ergasheva Silin (Toshkent) 552.7.
Pistoletdan 10 metrga oʻq otish (U-14 Mix)
1-oʻrin Turabekova Shoxruza va Saydrasulov Ibrat (Toshkent 1) 516;
2-oʻrin Abdullayeva Zamira va Shodmonaliyev Toxir (Toshkent vil) 502;
3-oʻrin Qarriboev Bunyodbek va Satimbayeva Zilola (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) 471.
Pistoletdan 10 metrga oʻq otish (U-18 qizlar)
1-oʻrin Ergasheva Zinnat (Toshkent) 220.0;
2-oʻrin Masharipova Dilnoza (Xorazm) 219.1;
3-oʻrin Tarasova Irina (Namangan) 198.5.
Pistoletdan 10 metrga oʻq otish (U-18 Oʻgʻil bolalar)
1-oʻrin Kerimov Rafet (Namangan) 220.0;
2-oʻrin Xaydarov Muxammadyusuf (Toshkent) 229.8;
3-oʻrin Mirnazarov Ibroxim (Toshkent vil) 203.7.
Vintovkadan 10 metrga oʻq otish (U-18 Oʻgʻil bolalar)
1-oʻrin Anvarov Muxammadjon (Toshkent vil) 246.2;
2-oʻrin Sokolov Nikita (Toshkent) 244.8;
3-oʻrin Odilboyev Abdullox (Toshkent vil) 216.4.
Vintovkadan 10 metrga oʻq otish (U-18 qizlar)
1-oʻrin Xakimova Milena (Toshkent) 245.5;
2-oʻrin Talibjanova Sabina (Fargʻona) 245.0;
3-oʻrin Mavlonova Durdona (Namangan) 222.2.
Pistoletdan 10 metrga oʻq otish (U-18 Mix)
1-oʻrin Kerimov Rafet va Tarasova Irina (Namangan) 542;
2-oʻrin Ergasheva Zinnat va Timur Gupalyak (Toshkent 1) 537;
3-oʻrin Makarov Aleksandr va Orifjonova Nodirabegim (Fargʻona) 533.
Vintovkadan 10 metrga oʻq otish (U-18 Mix)
1-oʻrin Sokolov Nikita va Xakimova Milena (Toshkent) 618.4;
2-oʻrin Xusanboyeva Nozima va Odilboyev Abdullox (Toshkent vil 2) 603.3;
3-oʻrin Anvarov Muxammadjon va Mengqobilova Shaydo (Toshkent vil 2) 599.3.
Tantanali taqdirlash marosimida Mudofaa vazirligi hamda Oʻzbekiston oʻq otish federatsiyasi masʼullari ishtirok etib, gʻolib va sovrindor sportchilarni diplom, medal hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirladi.
Eslatiib o‘tamiz, chempionatning U-21 yosh toifasidagi oʻgʻil va qiz sportchilar ishtirokidagi musobaqa davom etmoqda.








