Nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlarda mustahkamlandi
2026-04-02 18:30:00 / Yangiliklar

Unda okrug qo‘mondonligi hamda viloyat hokimligi vakillari ishtirok etib, mashg‘ulotlarning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari yuzasidan yoshlarga zaruriy yo‘l-yo‘riqlar berishdi.
Mashg‘ulotlar davomida tashkil etilgan qurol-yarog‘lar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasida o‘quvchilar ular haqida batafsil ma’lumot olish bilan birga qurol-yarog‘ bilan muomila qilishda havfsizlik qoidariga rioya qilish hamda saf tayyorgarligi bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni egallashdi.
Shuningdek, o‘qotar qurollardan amaliy o‘q uzish jarayonlari ham tashkil etildi. Birinchi marotaba quroldan amaliy oʻq otish mashqlarini bajargan yoshlar 100 metr uzoqlikda turgan nishonga qarata 3 donadan oʻq uzib, maktabda oʻtilgan chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlikdan olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash imkoniga ega boʻldi.
Mazkur tadbirlar yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularda Vatan himoyachisi bo‘lishga intilish ruhini kuchaytirish hamda kelajakda Qurolli Kuchlar safini malakali va fidoyi yoshlar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati









