Harbiylar va ularning oilalari salomatligi nazorat ostida
2026-04-02 17:55:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning sog‘ligini mustahkamlash hamda oila a’zolarining salomatligini muntazam nazoratga olish maqsadida Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rikda 270 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Ko‘rik jarayonida terapevt, stomatolog, ginekolog, nevropatolog, jarroh hamda pediatr mutaxassislar tomonidan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yordamida chuqurlashtirilgan tekshiruvlar amalga oshirildi.
Mutaxassislar ishtirokchilarning umumiy salomatlik holatini o‘rganib, mavjud kasalliklarni erta aniqlashga alohida e’tibor qaratdi. Zarur hollarda bemorlarga davolanish uchun tegishli tibbiyot muassasalariga yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, ko‘rik davomida mutaxassislar mavsumiy kasalliklarning oldini olish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni taqdim etdi.
Ta’kidlash joizki, bunday tibbiy tadbirlar harbiy xizmatchilarning turli tibbiyot muassasalariga qatnab vaqt yo‘qotishining oldini olish bilan birga, ularning oila a’zolari salomatligidan xotirjam bo‘lgan holda xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishiga xizmat qiladi. Bu esa Qurolli Kuchlar safida sog‘lom va jangovar shay shaxsiy tarkibni shakllantirishda muhim omil sifatida ahamiyat kasb etadi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati







