Yoshlar bilan ochiq suhbat — yangi imkoniyatlar sari qadam
2026-04-02 15:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar Bosh boshqarmasi, Yunusobod tumani prokuraturasi rahbariyati, mahalliy hokimlik hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, zamonaviy ta’lim tizimi, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, bugungi kunda ayrim yoshlar o‘rtasida uchrayotgan salbiy holatlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Samimiy va erkin muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv davomida yoshlarning qiziqishlari, orzu-intilishlari hamda kelajakdagi rejalari tinglandi. Har bir ishtirokchiga o‘z fikrini erkin bayon etish imkoniyati yaratilib, ularning muammolariga individual yondashuv asosida yechimlar taklif etildi.
Yakunda yoshlarning taklif va tashabbuslaridan kelib chiqib, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Xususan, ularni ta’lim muassasalari, kasb-hunar kurslari hamda sport to‘garaklariga jalb etish, doimiy ish bilan ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati






