Amir Temur merosi – Uchinchi Renessans sari ilhom va qudrat manbai
2026-04-01 19:55:00 / Yangiliklar

Mazkur qarorga muvofiq, aprel oyi yurtimizda “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinib, buyuk sarkarda va davlat arbobining boy merosini chuqur o‘rganish hamda keng targ‘ib etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar belgilandi.
Shu munosabat bilan Samarqand garnizonidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Amir Temur merosi — Uchinchi Renessans sari ishonchli qadam” shiori ostida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Mazkur anjumanda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar, harbiy xizmatchilar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Konferensiya davomida Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati, adolatli siyosati va ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. So‘zga chiqqanlar Sohibqiron merosi bugungi kunda uchinchi renessans poydevorini mustahkamlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.
Tadbirning badiiy qismida teatr ijodkorlari tomonidan buyuk ajdodlarimiz va ularning Vatanga muhabbat va milliy g‘ururini tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Ushbu chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati






