Temur tuzuklari yoshlar nigohida
2026-04-01 15:30:00 / Yangiliklar
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan Termiz shahridagi Yoshlar markazida kuch tuzilmalari bilan o‘rtasidas "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Mazkur intellektual bellashuv Sohibqiron tomonidan yozilgan tarixiy asar — "Temur tuzuklari" asosida tashkil etildi. Ishtirokchilar ushbu bebaho tarixiy manba yuzasidan bilim va dunyoqarashlarini sinovdan oʻtkazib, jamoa boʻlib fikrlash, tezkorlik, mantiqiy yondashuv va tarixiy tafakkur boʻyicha bellashdilar.
Oʻyinda qatnashgan harbiy xizmatchilar Temur tuzuklaridagi davlat boshqaruvi, adolat, harbiy intizom, vatanparvarlik va yoshlar tarbiyasi haqidagi gʻoyalardan ilhomlanib, Sohibqiron merosining bugungi kundagi dolzarbligini yana bir bor his etdilar.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan gʻolib va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.






