Xalqaro musobaqaga tayyorgarlik boshlandi
2026-03-31 16:45:00 / Yangiliklar
"Vatan tayanchi" otryad a’zolari hamda xorijiy davlatlarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida joriy yilning 19-25-aprel kunlari Quruqlikdagi qo‘shinlar institutitida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab xalqaro "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Musobaqada viloyatlardan saralab olingan O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasida umumta’lim maktablardagi "Vatan tayanchi" otryad a’zolari ishtirok etadi.
Ishtirokchilar bilan hozirda institut mutaxassislari ishtirokida qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ular jismoniy, ma’naviy va intellektual yo‘nalishlarda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, tajriba almashish va salohiyatni namoyon etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.




