Harbiy litsey o‘quvchilari xalqaro maydonda yuqori natijaga erishdi
2026-03-31 12:00:00 / Yangiliklar

Mazkur nufuzli intellektual musobaqada Hamdo‘stlikka a’zo davlatlardan jami 31 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa nafaqat bilimlar bellashuvi, balki turli mamlakatlardan kelgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida tajriba almashish uchun muhim platforma vazifasini ham o‘tadi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Rossiya Federatsiyasi jamoasi 1-o‘rinni, O‘zbekiston Respublikasi jamoasi faxrli 2-o‘rinni, Belarus Respublikasi jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.
Mazkur muvaffaqiyat ustozlarning fidokorona mehnati, zamonaviy ta’lim metodlari va o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimi samarasi ekanini alohida ta’kidlash lozim. Bu natija ta’lim muassasasining salohiyati yuqori ekanini yana bir bor namoyon etib, kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Xalqaro maydonda munosib ishtirok etib, yurtimiz sha’nini himoya qilgan o‘quvchilar Urganch shahriga tantanali ravishda kutib olindi. Temiryo‘l vokzalida ularni ota-onalari, yaqinlari hamda litsey jamoasi katta quvonch bilan, milliy an’analarimizga xos tarzda karnay-surnay sadolari ostida kutib oldi.
Litseyga yetib kelgach, g‘olib o‘quvchilar tantanali ravishda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularning ota-onalariga farzand tarbiyasidagi ulkan hissasi uchun tashakkurnomalar topshirildi.




