27 yillik sharafli tarix
2026-03-31 11:10:00 / Yangiliklar

Tantanali tadbirda harbiy qism qo‘mondonligi, mahalliy davlat hokimiyati vakillari, faxriy harbiylar hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Marosim davomida so‘zga chiqqanlar ushbu harbiy qismning 27 yillik faoliyati davomida bosib o‘tgan yo‘li, erishilgan yutuqlar va to‘plangan boy tajriba haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Xususan, harbiy qismning mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash, davlat chegaralarini ishonchli himoya qilish hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari yuksak baholandi.
Ta’kidlanganidek, o‘tgan davr mobaynida mazkur harbiy qism ko‘plab sinovlardan munosib o‘tib, murakkab va mas’uliyatli vazifalarni sharaf bilan ado etib kelmoqda. Ushbu maskan chinakam matonat, jasorat va sadoqat maktabiga aylangan bo‘lib, bu yerda xizmat qilgan har bir harbiy xizmatchi Vatanga sadoqat, harbiy burchga fidoyilik va xalq ishonchini oqlash kabi yuksak qadriyatlarni o‘z faoliyatining ustuvor mezoni sifatida shakllantirgan.
Tantanali marosim doirasida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarayotgan, intizom va namunali xulqi bilan ajralib turgan bir guruh harbiy xizmatchilar rag‘batlantirilib, ularga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati





