Mavsumiy texnik xizmat – jangovar shaylik kafolati
2026-03-30 12:10:00 / Yangiliklar

Harbiy texnika va qurol-aslahalarga mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “Dolzarb 20 kun” tadbirlari doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotda soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmlari yanada mustahkamlandi. Ko‘rgazmali mashg‘ulotlarda mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini belgilangan tartibda va sifatli o‘tkazish, jarayonda bir xil mezon va tartibga qat’iy amal qilish ta’kidlandi.
Ta’kidlash joizki, harbiy texnikaning har qanday iqlim sharoitida ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash, texnik nosozliklarning oldini olish hamda harbiy qismlarning doimiy jangovar shayligini yuqori darajada ushlab turish imkonini beradi. |Shu nuqtayi nazardan, qo‘shinlarning yuqori jangovar shayligi harbiy texnikaga e’tibor hamda shaxsiy tarkibning yuksak mas’uliyatida ekani qayd etildi.
Mashg‘ulotlarda yurt himoyachilari texnikaga xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos jihatlari, sohadagi yangiliklar bilan tanishib, nazariy bilimlarini mustahkamlash barobarida amaliy ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishdi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati





