Oʻquvchilar amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etishdi
2026-03-30 10:55:00 / Yangiliklar
Toshkent harbiy okrugi “Chirchiq” dala-oʻquv maydonida Chirchiq shahar va Zangiota tumanidagi umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar oʻtkazildi.

Unda dastlab oʻquvchi yoshlar turli o‘quv nuqtalarida milliy armiyamizda mavjud jangovar qurollar va texnikalar haqida, ulardan foydalanish tartibi borasida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Qurollarni noto‘liq qismlarga yoyish va yig‘ish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi mashqlarda ishtirok etib, bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab olishdi.
Birinchi marotaba quroldan amaliy o‘q otish mashqlarini bajargan yoshlar 100 metr uzoqlikda turgan nishonlarga qarata 3 donadan o‘q uzib, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati



