Yoshlar muammolari o‘z yechimini topmoqda
2026-03-28 16:10:00 / Yangiliklar

Unda tuman prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi, hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda mahalla yoshlar yetakchilari qatnashdi.
Tadbir davomida yoshlarni kasb-hunar va sportga yo‘naltirish, ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, probatsiya ro‘yxatidagi yoshlar bilan ishlash natijalari ko‘rib chiqildi.
Davra suhbati yakunida 10 nafar yosh probatsiya ro‘yxatidan chiqarildi, 2 nafariga kompyuter jamlanmasi topshirildi, 2 nafarining bandligi ta’minlandi hamda 1 nafar yosh uchun muddatli harbiy xizmatga borish maqsadida zarur to‘lov amalga oshirildi.
Shuningdek, yoshlar taklifiga asosan Yunusobod tumanidagi “Ming chinor” mahallasida sport maydonchasi barpo etilishi belgilandi. Tadbir yakunida yoshlar qo‘mondonlikda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.







